
"Milan" Chalxanogluga yangi shartnoma taklif qilib, uning maoshini oshirmoqchi
“Milan” klubi o‘zining turkiyalik yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.
Il Giornale nashrining xabar berishicha, “rossonerilar” rahbariyati 26 yoshli futbolchining ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan to‘liq qoniqish hosil qilmoqda va shu bois unga 4 yillik yangi kelishuv taklif qilmoqchi. Yangi shartnomaga ko‘ra, Chalxanogluning yillik maoshi 3,5 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Chalxanoglu joriy mavsum “Milan” safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
Fikrlar