"Milan" "Chelsi" bilan kurashadi
"Malme" klubi himoyachisi Anel Axmedxojich qishki transfer oynasida top chempionatga ko‘chib o‘tishi mumkin, deya xabar bermoqda Calcio Mercato.
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli bosniyalik futbolchiga "Milan" klubi qiziqish bildirmoqda. Oldinroq, himoyachi uchun "Chelsi" taklif tayyorlayotgani haqida xabar berilgan edi. "Malme" klubi rahbariyati fulbekning transferini 10 million funtga baholamoqda.
Joriy mavsumda Axmedxojich Shvetsiya chempionatida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol kiritdi.

Fikrlar