"Milan" Chexiyadan g‘alaba bilan qaytdi (video)
UEFA Evropa ligasi guruh bosqichining so‘nggi 6-turida “Milan” Chexiyada “Sparta” mehmoni bo‘ldi.
Pragadagi o‘yin taqdirini 23-daqiqada Yens Peter Xauge tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Shu tariqa “rossonerilar” 0:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar