"Milan" etakchisini "Chelsi"ga qo‘yib yubormoqchi emas

  • 04.09.2022 19:19
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"Milan" rahbariyati portugaliyalik hujumchi Rafael Leau bilan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor. Bu haqda insayder Ekrem Konurning xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "rossonerilar" 23 yoshli futbolchiga 2027 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladigan bitim taklif qildi. Muzokaralar sababi Rafaelga Londonning "Chelsi" jamoasi jiddiy qiziqish bo‘lgan. “Aristokratlar” yozgi transfer oynasida hujumchi bilan shartnoma imzolashga harakat qildi.

Italiya A seriyasining yangi mavsumida Leau beshta o‘yinda qatnashib, uchta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!