"Milan" himoyachisi Turin klubiga o‘tadi

  • 19 avgust, 2020, 21:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Torino" klubi "Milan" himoyachisi Rikardo Rodrigesning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluki Di Martsio xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 27 yoshli shveytsariyalik futbolchi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Turinga etib keladi. Agar hamma tekshiruvlar ijobiy yakunlansa, u “Torino” bilan shartnoma imzolaydi.

Rodriges “Milan” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 93 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini PSV safida ijarada o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!