“Milan” hujumida superto‘purarlar o‘ynaydi

  • 26.10.2020 21:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Milan” rahbariyati qishki transferlar mavsumida PSJda to‘p surayotgan Mauro Ikardini A Seriyaga qaytarmoqchi.

Argentinalik hujumchi Parij klubiga “Milan”ning ashaddiy raqibi “Inter” tarkibidan ko‘chib o‘tgan. Italiya futbolida raqobatchilarning bir biriga futbolchi berishi kam uchraydigan holat. A Seriya klublari raqibdan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘yinchi ololmaydi. Shuning uchun ilgari bu maqsadini amalga oshira olmagan “Milan” endi bu imkoniyatga ega bo‘ldi.

Mauroning tanloviga rafiqasi Vanda Naraning Milan shahriga qaytish istagi ta’sir qilishi mumkin.

PSJ bilan 2024 yilning yozigacha shartnoma imzolagan Ikardi joryi mavsumda to‘rtta o‘yinda ikkita gol urdi.

“Milan” hujumda Zlatan Ibrohimovich va Mauro Ikardidan iborat super tandemni o‘ynatishni maqsad qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!