“Milan” Ibrohimovich o‘rniga zo‘r hujumchi topdi

  • 08.07.2020 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsum shartnomasi yakunlanadigan Zlatan Ibrohimovich “Milan” bilan kelishuvni uzaytirmaydigan bo‘ldi.

Shuning uchun “Milan” shved hujumchisi o‘rniga boshqa to‘purar qidirayotgan edi. Milanliklar tanlovi “Shtutgart” hujumchisi Nikolas Gonsalesga tushdi. 22 yoshli argentinalik hujumchi ikkinchi Bundesligada 27 ta uchrashuvda 14 ta gol urishga erishdi.

Ayni paytda “Milan” Argentina terma jamoasida uchta uchrashuv o‘tkazishga ulgurgan hujumchiga rasmiy taklif tayyorlamoqda.

nicholas_gonzalez

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!