"Milan" ijaraga olgan futbolchisini to‘liq o‘ziniki qilib oladi

  • 15.07.2020 10:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" klubi rahbariyati himoyachi Simon Ker bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikola Skira o‘z tvitter sahifasida xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” 31 yoshli futbolchining transferini "Sevilya"dan to‘liq sotib olishmoqchi. Bu esa "Milan"ga 3,5 million evroga tushadi.  Transfer tez orada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ker “Milan” safida joriy yilning yanvar oyidan buyon ijara asosida to‘p surib kelayotgan edi. U hozircha 9 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!