"Milan" o‘z tarkibiga "yangi Pirlo"ni qo‘shib oldi (FOTO)
"Breshiya" yarim himoyachisi Sandro Tonali yangi mavsumni "Milan"da o‘tkazadigan bo‘ldi.
"Rossonerilar" 20 yoshli futbolchini "Breshiya"dan sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.
"Yangi Pirlo" deb nomalanayotgan futbolchi milanliklar tarkibida 8-raqam ostida harakat qilishi ma’lum qilindi.
Avvalroq, "Milan" yosh yarim himoyachining ijarasi uchun 10 mln evro ajratishi va sotib olish huquqidan foydalanadigan bo‘lsa, 20 mln evro to‘lab berishi ma’lum qilingandi.


Fikrlar