"Milan" Teo Ernandes o‘rniga "Dinamo" futbolchisini olmoqchi

  • 15.07.2020 22:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kievning "Dinamo" klubi himoyachisi Vitaliy Mikolenko faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 21 yoshli Ukraina terma jamoasi a’zosini “Milan” o‘z safida ko‘rmoqchi. Mikolenko “rossonerilar” safida Teo Ernandesning o‘rnini egallashi mumkin. Boisi, frantsiyalik futbolchiga grand klublardan qiziqishlar bor.

Ammo, Mikolenkoning “Milan”ga ko‘chib o‘tishiga 2 ta asosiy sabab bor: transfer narxining balandligi va unda Evropa Ittifoqi fuqaroligi yo‘q ekani.

Vitaliy Mikolenko “Dinamo” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!