“Milan”ga Mourinoning shogirdi kerak

  • 14 avgust, 2020, 00:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino yangi mavsumda Serj Oreni o‘z rejalariga kiritgani yo‘q.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis bu himoyachidan tezroq qutilmoqchi va uning o‘rniga “Lill” vakili Zeki Chelikni olib kelishni mo‘ljallamoqda.

Serj Orega ayni paytda “Milan” jiddiy qiziqish bildirmoqda va bu futbolchi transferi uchun “Tottenxem”ga 13 million funt taklif qilgan edi.  Biroq, londonliklar uch yil muqaddam PSJdan qimmatga olingan Orening transferidan kuymaslik uchun kamida 22 million funt talab etmoqda.

Agar tomonlar kelisha olmasa, milanliklar Ore o‘rniga PSV vakili Denzel Dumfrisni transfer qilish bo‘yicha ish boshlaydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!