
"Milan"ga yangi bosh murabbiy kelmoqda
"Shalke" va "RB Leyptsig" klublari sobiq bosh murabbiyi Ralf Rangnik tez orada "Milan" boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, nemis mutaxassisi “rossonerilar” rahbariyati qoniqmayotgan Stefano Piolining o‘rnini egallaydi.
Ta’kidlash kerakki, “Milan” Rangnik bilan anchadan buyon muzokaralar o‘tkazayotgan edi. Hatto, uning kelishiga qarshi chiqqan klub sport direktori Boban ham o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqqan edi.
Rangnik nafaqat “Milan”ga bosh murabbiylik qiladi, balki jamoaning sport direktori lavozimida ham ishlaydi.
Fikrlar