"Milan"ga yangi to‘purar kerak

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
"Milan" klubi qishki transferlar vaqtida jamoani tark etishga yaqin turgan kolumbiyalik hujumchi Karlos Bakka o‘rniga "Napoli" hujumchisi Manolo Gabbyadinini olib kelmoqchi. Ayni paytda Manolo "Napol"ning asosiy tarkibiga kirishga qiynalmoqda va jamoasida eng kam gol urgan hujumchi hisoblanadi.
 
25 yoshli Gabbyadiniga "Milan"dan tashqari "Vest Xem Yunayted, "Everton" va "Valensiya" klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
 
"Napoli" va Gabbyadinining 2019 yilga qadar tuzilgan shartnomasida transfer narxi 17 million evroga baholangan.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!