"Milan"ni boshqargan mutaxassis yana A Seriyada ishlaydi
"Torino" klubi Marko Jampaoloni jamoa bosh murabbiyi sifatida e’lon qildi.
A Seriyaning yakuniga etgan mavsumining natijalariga ko‘ra, "Torino" ligada jon saqlab qolishni uddaladi. Jamoa 38 ta bahsda 40 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 16-pog‘onasidan o‘rin egalladi.
O‘tgan yilning oktyabr oyida Jampaoloni "Milan" klubi ishdan bo‘shatgan edi.
Fikrlar