"Milan"ning sobiq futbolchisi "Fiorentina" bilan shartnoma imzoladi

  • 8 sentabr, 2020, 21:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan"ning sobiq yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura endi "Fiorentina"da to‘p suradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Erkin agent hisoblangan 31 yoshli futbolchi florentsiyaliklar safiga tekinga borib qo‘shildi va 2022 yilgacha shartnoma imzoladi. Uning yillik maoshi esa 1,8 mln evroni tashkil etadi.

Bonaventura 2014-2020 yillarda “Milan” safida to‘p surdi va 184 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 35 ta gol hamda 30 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!