"Milan"ning sobiq hujumchisini yana Italiyaga qaytarishmoqchi

  • 1 sentabr, 2020, 09:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Berlinning "Gerta" klubi forvardi Kshishtof Pentek yana A Seriyaga qaytishi mumkin.

Tecno

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 25 yoshli polshalik futbolchiga "Fiorentina"dan jiddiy qiziqish paydo bo‘lgan. “Binafsharanglilar”  Pentek uchun 25 mln evro to‘lashga tayyor. Nemis klubi esa, shu yil yanvarda “Milan”dan 24 mln evroga sotib olgan futbolchisi uchun 30 mln evro talab qilmoqda.

Pentek “Gerta” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning berlinliklar bilan 2025 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!