"Milan"ning sobiq ustozi Turin klubini boshqaradigan bo‘ldi
"Milan" klubi sobiq bosh murabbiyi Marko Jampaolo tez orada "Torino"da ish boshlaydi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 53 yoshli italiyalik mutaxassis allaqachon turinliklar bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra tomonlar 2021 yilgacha shartnoma imzolashadi. Jampaolo bu lavozimda yaqindagina iste’foga chiqarilgan Moreno Longo o‘rnini egallaydi.
Aytish kerakki, Jampaolo ungacha “Milan” bilan shartnomasini bekor qilishi ham kerak.

Fikrlar