
Mirjalol Qosimov: AGMK favorit? "Real" haqida ham "Ayaks"ga qarshi o‘yinda shunday deyishgan edi
"Mavsum boshlangani bilan barchani tabriklayman. Qolaversa, mavsum avvalidagi o‘yinlar doimo qiyin bo‘ladi. Kecha Navoiyda, bugun Samarqand va Olmaliqda durang natija qayd etildi. Bahorda odatda o‘yinlar kurashlarga boy tarzda o‘tadi.
Bugun g‘alaba qozonish uchun harakat qildik. Ikkinchi bo‘limda o‘yin ancha jonlandi, ammo shunga qaramasdan durang natija adolatli bo‘ldi deyishim mumkin.
AGMK bugun favorit edi? "Real" ham "Ayaks"ga qaraganda favorit edi. Bu - futbol va mavsum avvali. Bugun ikkita hujumchi bilan harakat qilib, gol kiritishga harakat qildik. Lekin birinchi bo‘limda markazni boy berib qo‘ydik. Shuning uchun tanaffusida Umarovni o‘yindan olib, Pirimovni tushirdim", - dedi Qosimov.
Fikrlar