Mironshoh finalda terma jamoa a’zosini mag‘lubiyatga uchratdi (FOTO)

  • 07.11.2020 22:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining final janglari bo‘lib o‘tdi.

52 kg vazn toifasida Buxoro viloyati vakili Mironshoh Ibrohimov O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi Shahzod Muzaffarovga qarshi ringga ko‘tarildi. Murosasiz kechgan jang Mironshohning g‘alabasi bilan yakunlandi va u O‘zbekiston chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Quyida ushbu jangdan olingan eng sara fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!