MMA bo‘yicha GFC turniriga tayyorgarlik qanday kechmoqda... Murabbiylardan eshitamiz

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kuni kecha O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi tashkil etildi. 23 noyabr kuni esa ilk bora yurtimizda bu boradagi rasmiy turnir o‘tkaziladi. Ushbu GFC turnirida bir qator yurtdoshlarimiz oktagonga ko‘tarilishi borasida ham ma’lumotga egasiz. Biz mashg‘ulotlar jarayoniga tashrif buyurib, sportchi va murabbiylarimizning mazkur tarixiy voqeylik haqidagi fikrlariga quloq tutdik. Quyida uni e’tiboringizga havola etamiz.

Tecno

Sunnat Ilyasov – bosh murabbiy

Bu kunlarni juda uzoq kutgan edik. Necha yillardan beri harakat qilib kelardik. Shukrki, barchasi ijobiy yakunlandi. Buning uchun avvalo, muhtaram prezidentimizga qolaversa, Otabek Umarovga ushbu sport turida faoliyat yuritayotganlar nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

Endi, MMAda o‘z janglarini o‘tkazayotgan sportchilarimizni himoya qila oladigan tashkilot bor! Necha yillardan beri, ko‘p nohaqliklarga uchraganmiz, turli xil holatlarga duch kelganmiz. Ammo, xech kim bizga quloq tutmasdi. Shu tomondan ham mazkur assotsiatsiyasining tashkil etilishi juda muhim edi.
Nasib qilsa, barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, o‘zbek MMAsini butun dunyoga olib chiqish niyatidamiz.

23 noyabr kungi turnirga kelsak, mashg‘ulotlar juda yaxshi ketmoqda. Barcha sharoitlar muxayyo qilingan. O‘ylaymanki, yigitlar ijobiy natijalar qayd etishadi.

3691573479519

Mansur Tugizboev -murabbiy, hakam

Juda quvonchli xabar. Yanada g‘ayrat qilib ishlaydigan vaqt keldi. Endi xech qanday qiyinchiliklarga duch kelmaymiz deb o‘ylayman. Butunjahon MMA olami vakillari bizning sportchilarimiz mahoratlariga guvoh bo‘lishadi deb o‘ylayman. 23 noyabr kungi turnirni barcha kutib turibdi. Bu ham muxlislar uchun o‘ziga hos sovg‘a deb o‘ylayman. Bu borada biz sportchilarni qo‘llab-quvvatlagan hukumat raxbarlariga va shaxsan Otabek Umarovdan behad minnatdormiz. Albatta, bizga bildirilgan ishonchlarini oqlashga harakat qilamiz.

5281573468029

Farrux Madaminov - murabbiy

Bundan juda xursand bo‘ldik. Ana endi yurtimizda MMAning ommaviyligi oshadi. Yanada rivojlanish bosqichiga ko‘tariladi. Nufuzli promoushenlarda jang qiladigan sportchilarimiz ko‘payadi. Bundan albatta muxlislar yutadi. Qolaversa, hozirda ushbu sport turining nufuzi qanday darajada ekanligi barchaga ma’lum. Shunday ekan, bu boradagi zafarlarimiz  yurtimiz imidjiga ham ijobiy taraflama ta’sir qiladi deb o‘ylayman. 23 noyabr kuni ikki nafar shogirdimiz navbatdagi jangini o‘tkazishadi. Ya’ni Avliyo Hamidov va Axliddin Mirzadavlatovlar juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Albatta, ijobiy natijalar qayd eta olamiz.

3581573468029

Otabek Jabborov- murabbiy

Yurtimizda MMAning muxlislari, ushbu sport turiga befarq bo‘lmagan insonlarning barchasini tarixiy voqea bilan tabriklayman. Shu kunga qadar, sportchilarimiz o‘z kuchlari bilan shunday natijalarga erishib kelayotgan edi. Endi bo‘lsa, orqamizda tayanch bo‘la oladigan tashkilot bor. Shunday ekan, natijalarimiz yanada yuqori pog‘onalarga ko‘tariladi. Albatta, bunday imkoniyatlarni yaratib bergan insonlarning barchasiga chin qalbimdan raxmatlar aytaman. Chunki, yurtimizda juda ko‘p iste’dodlar bor. Ular albatta mamlakatimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishiga ishonaman. Murabbiy sifatida esa, biz ham qo‘ldan kelgancha mazkur sport turining rivojiga, yosh talantlarni tarbiyalashda qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz.

9711573479593

Saydullo Ismatullaev – murabbiy

Albatta ajoyib yangilik bo‘ldi. Bu borada jonbozlik ko‘rsatgan, fidoyilik qilgan hamma insonlarga minnatdorchilik bildiramiz. Bunga munosib tarzda, yaxshi natijalar bilan javob beramiz deb o‘ylayman. 23 noyabr kuni ikki nafar shogirdimiz o‘z janglarini o‘tkazadi. Jamshid Rahmonaliev hamda Jahongir Jumaevlar ayni vaqtda juda yaxshi jismoniy holatga ega. Ularga bo‘lgan ishonchim yuqori. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi yanada kuch beradi. Shuning uchun, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Annotatsiya (1)_4

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!