Modrich “Real”dan tezda ketadigan bo‘lyapti
“Real” yarim himoyachisi Luka Modrich yanvar oyida Madridni tark etishi kutilyapti. Bu haqda Relevo nashri xabar berdi.
Xorvatiyalik futbolchi bu mavsum “Real”ning asosiy figuralari safidan chiqarildi. Modrich o‘zi o‘ynagan uchrashuvlarning 66 foizida zaxiradan maydonga tushirildi.
Karlo Anchelotti yoshi o‘tib qolgan yulduzga etarli darajada o‘yin amaliyoti bermayapti.
Ayrim manbalar Luka odriya Saudiya Arabistoni klublari bilan muzokaralarni boshlab yuborganini yozmoqda.
Agar muzokaralar muvaffaqiyatli tugasa, Modrich Madridni tark etadi. Zotan, xorvatiyalik yulduzning amaldagi shartnomasi yozda tugaydi va “Real” bu o‘yinchiga yangi bitim bermasligi ehtimoli juda yuqori.



Fikrlar