Mojaro davom etadi: Jaloliddinov jamoasi RPLni tark etishi mumkin. Klub sport direktori buni tan oldi

  • 20 noyabr, 2020, 19:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov harakat qilayotgan "Tambov" klubi sport direktori Pavel Xudyakov moliyaviy muammolar tufayli jamoa Rossiya Premer-ligasidan chiqib ketishi mumkinligini tan oldi.

Tecno

-Rahbariyatdan xabar bormi?

"Hozircha yo‘q. Ular hali aloqaga chiqmadi".

-Chempionatdagi tanaffus yaqin. Sizlarda biror futbolchini sotish borasida rejalar bormi?

"Barcha variantlarni ko‘rib chiqyapmiz. Umid qilamanki, ahvolimiz yaxshilanadi va rahbariyat bizdan yuz o‘girmaydi".

-Chempionatni tark etish haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?

"Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biz vaziyatni o‘nglash uchun barchasiga tayyormiz", dedi Xudyakov

Avvalroq, "Tambov" futbolchilari oylik maosh to‘lanmagan taqdirda, RPL 17-turidan o‘rin olgan "Spartak" bilan kechadigan o‘yinda qatnashmasligi haqida xabar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!