"Monako" Mbappening o‘rniga italiyalik to‘purarni sotib olmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning “Monako” klubi “Torino” hujumchisi Andrea Belottini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘layotgan navbatdagi jamoa bo‘ldi. Bu haqda italiyalik mashxur jurnalist Janluka Di Martsio xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaning yozishicha, monakoliklar 23 yoshli Italiya terma jamoasi futbolchisini uning shartnomasida xorij klublari uchun belgilangan 100 mln evro miqdoridagi tovon pulini to‘lab, xarid qilishga tayyor.

Ta’kidlash lozimki, “Monako” Belottini tez orada PSJga ko‘chib o‘tishi kutilayotgan hujumchisi Kilian Mbappening o‘rniga munosib nomzodlardan biri sifatida qaramoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq  monakoliklar Aleksis Sanches («Arsenal»), Diego Kosta («Chelsi») va Antoni Marsyal («Manchester Yunayted») kabi futbolchilarning transferi bo‘yicha bo‘yicha takliflar yuborishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Belotti o‘tgan mavsum “Torino” safida A Seriyaning jami 35ta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 26ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!