Mourin'yo “Real”ga yangi sardor tayinlandi
Madridning "Real" jamoasi va Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi Federico Valverde klubning yangi bosh sardoriga aylanishi kutilmoqda. Bu haqida Marca nashri xabar berdi. Unga ko‘ra, tajribali himoyachi Daniel Karvaxal jamoani tark etgach, sardorlik bog‘ichi Valverdega topshiriladi.
Manba ma’lumoticha, "qirollik klubi" bosh murabbiyi Xose Mourinyo futbolchining kelajagiga nisbatan hech qanday shubha ega emas. Bu qarash 2026 yildagi jahon chempionatidagi omadсиз ishtirokdan so‘ng ham o‘zgarmagan. Portugaliyalik mutaxassis Valverdeni iyul oyi o‘rtalarida start oladigan mavsumoldi yig‘inlardanoq asosiy rejaga qo‘shmoqchi. Shu bilan birga, u bundan oldin futbolchi bilan shaxsiy suhbat o‘tkazishni rejalashtirgan.
Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi ham Karvaxal ketganidan keyin jamoada yetakchilik mas’uliyatini aynan Valverde o‘z zimmasiga olishiga ishonmoqda. Undan nafaqat maydonda, balki kiyinish xonasida ham boshqa futbolchilar uchun namuna bo‘lishi kutilmoqda.
Federico Valverde 2016 yildan beri "Real Madrid" tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u klub safida 49 ta o‘yin o‘tkazib, raqib darvozalariga to‘qqiz marta aniq zarba yo‘lladi.

Fikrlar