Mourino Abraxamni “Chelsi”ga olib ketmoqchi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaning asosiy to‘purari Temmi Abraxamning “Chelsi”ga qaytish imkoniyati haqidagi savolga hazil bilan javob qaytardi.
- Abraxam ommaviy axborot vositalari uni muhokama qilishlariga va “Chelsi”dek buyuk klub bilan bog‘lay boshlaganlariga loyiq o‘yin ko‘rsatdi.
U jamoamizga kerak. Aniqrog‘i, Abraxam bizdan qarzdor, chunki uning faoliyatini qatqarib qoldik va o‘zini yangi darajaga ko‘tardik.
Tabiiyki, agar klubimiz uning talablariga javob bersa, hujumchi vaziyatni o‘zgartirishi shart emas. Lekin Abraxamning “Chelsi”ga qaytishini istisno qilolmayman, chunki u men bilan birga Londonga ketishi mumkin, - dedi Joze Mourino.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” klubida kelasi yoz o‘z tarbiyalanuvchisini 80 million evro evaziga qayta sotib olish huquqi bor va londonliklar bu imkoniyatdan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar