Mourino Sulsher tanlagan futbolchiga ko‘z tikyapti

  • 3 dekabr, 2020, 13:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya”ning markaziy himoyachisi Dan-Aksel Zagadu tez orada Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Tecno

21 yoshli futbolchiga anchadan beri “Manchester Yunayted” ustozi Sulsher xaridor bo‘lmoqda. Endi frantsiyalik himoyachiga Joze Mourino ham og‘iz solmoqda.

O‘z navbatida, dortmundliklar shartnomasi 2022 yilda yakunlanadigan futbolchini sotib yuborishga tayyor. Klub Zagadu uchun 30 million evro miqdorida badal puli talab qilyapti.

Zagadu 2017 yildan buyon “Borussiya”da 43 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta gol urgan bo‘lsa-da, joriy mavsumda asosiy tarkibga kira olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!