Mourino “Tottenxem” tarkibini yangilaydi. Yozda ketadigan va keladiganlar ro‘yxati tayyor

  • 28 may, 2020, 19:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino o‘z odatiga ko‘ra, jamoasida keskin o‘zgarishlar qiladi. U bir qator futbolchilardan voz kechishga tayyor. Xususan, londonliklar himoyachi Yan Vertongenni yangi shartnoma bo‘yicha talabini rad etdi. Uning o‘rniga “Verona”dan Marash Kumbula taklif etiladi.

O‘ng qanot himoyachisi Serj Ore “Yuventus” vakili Aleks Sandro bilan almashiladi. Joze 22 yoshli Xuan Foytni ushlab o‘tirishga hojat yo‘q, deb hisoblamoqda. Uni “Barselona”ga sotishmoqchi.

O‘z navbatida, Joze o‘zi uchun muhim o‘yinlarni ham belgilab oldi. Klub Tangi Ndombeleni olib qoladi. Yarim himoyada Tangiga yordam berish uchun “Sautgempton”dan Per-Emil Xayberg olib kelinishi reja qilingan. Shuningdek, Mourinoning nishonida Ivan Rakitich ham bor.

“Ufa” va Oston O‘runov o‘yinini “Manchester Siti” xo‘jayinlari kuzatmoqda

Mourino hafa qilgan futbolchi "Tottenxem"dan ketadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!