Mourino: Uning fantastik hujumchi ekaniga qo‘shilmayman, chunki...

  • 24 mart, 2022, 08:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” g‘alabalarida Temmi Abraxam muhim rol o‘ynamoqda. Angliyalik hujumchi poytaxt derbisida “Latsio” darvozasini ikki marta ishg‘ol qilib, yirki hisobdagi g‘alabaga katta hissa qo‘shdi.

Tecno

Shundan so‘ng, Joze Mourino shogirdi haqida qizg‘in fikr bildirdi.

- Siz Abraxamni fantastik hujumchi, deb ta’riflasangiz, men bunga qo‘shilmayman. Chunki u bundan ko‘prog‘iga qodir.  Men uning salohiyatini yaxshi bilganim uchun undan juda ko‘p narsa talab qilaman. Gollarni inobatga olmaymiz, u har bir uchrashuvda ana shunday yuqori ishtiyoq bilan o‘ynashi shart, - dedi Joze Mourino.

Temmi Abraxam o‘tgan yozda 40 million evro evaziga “Chelsi”dan transfer qilingan edi. Angliyalik hujumchi shu kunga qadar “Roma” uchun 40 ta uchrashuv o‘tkazib, 23 ta gol urdi. Rim klubi tarixida hali hech qaysi o‘yinchi bu qadar sermahsul debyut o‘tkazmagan.

1639741578_mourino-i-abraham

“Roma” legioneri uchun 15 million so‘rayapti

“Roma” rahbariyati frantsiyalik legioner Jordan Veretu bilan xayralishga tayyor. Joze Mourino 29 yoshli tayanch yarim himoyachisini kelajak rejalariga kiritmaydigan bo‘ldi. Bu ko‘p jihatdan rimliklar yanvarda “Portu”dan ijaraga olingan Serjiu Oliveyraning transferi to‘liq sotib olishga qaror qilgani bilan bog‘liq.

“Roma” Veretuni 15 million evroga baholamoqda. Frantsiyalik futbolchi o‘tgan yili kuzda rimliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirib, jamoada 2024 yilning yozigacha qoladigan bo‘lgandi.

Oliveyra kelganidan keyin Veretu zaxiraga o‘tirib qoldi. “Roma” katta maosh olayotgan legionerni o‘yin amaliyotisiz ushlab turmaydigan bo‘ldi.

Joran Veretu joriy mavsumda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi.

1636584850_roma_2

“Roma” zo‘r futbolchini tekinga oladi

Bundesligada “Xoffenxaym” sharafini himoya qilayotgan Florian Grillich klubi bilan yangi shartnoma tuzmadi. Ayni paytda futbolchining agentlari mijoziga yangi ish joyi qidirmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, avstriyalik yarim himoyachining vakillari A Seriya grandlari “Inter” va “Roma” mutasaddilari bilan bog‘lanib, Grillichni bepul tarkibga qo‘shib olishni so‘ragan.

Transfermarkt portali, 26 yoshli futbolchini 16 million evroga baholamoqda. Avvalroq, “Roma” sport direktori Tago Pinto ham Grillichni “bo‘rilar” safiga qo‘shish imkoniyatini o‘rganayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Grillich joriy mavsumda Bundesligada 17 ta uchrashuvdan ishtirok etib, biror samarali ko‘rsatkich qayd eta olmadi.

large_52

Dibala o‘rniga Dzanolo

“Yuventus” rahbariyati jamoa hujumchisi Paulo Dibala bilan yakunlanayotgan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilganidan keyin “Roma”dan Nikolo Dzanoloni olishga asosiy maqsad qilib qo‘ydi.

Taniqli jurnalist Nikolo Skiraning aytishicha, Dzanoloning agentlari bu transfer bo‘yicha faol ish olib bormoqda va ular ikki marotaba turinliklar bilan uchrashuv o‘tkazishga ulgurgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, agar Rim klubi may oyiga qadar o‘yinchini yangi shartnomaga ko‘ndira olmasa, “Yuventus” Dzanolo transferi bo‘yicha rasman taklif yuboradi.

Rim klubi tarbiyalanuvchisining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Unga ko‘ra, Dzanoloni 33 million evroga transfer qilish mumkin.

“Roma” futbolchi bilan kelishuvni yangilab, uni 50 million evrodan kam bo‘lmagan mablag‘ evaziga sotib yuborishni rejalashtirayotgan edi.

ezgif_4_804311946a[1]

Masharipovning jamoadoshi Shomurodov o‘rnini egallashi kutilmoqda!

Abraxam Shomurodovni “sindirdi”, Mourino esa “Chelsi”dan yana o‘yinchi oladi!

Shomurodovni o‘ynatmayotgan Mourino Rossiya chempionatida yana futbolchi olmoqchi

Mourino Shomurodovdan voz kechdimi?

Frantsiyaning kuchli jamoasi “Roma” hujumchisini aniq sotib oladi! U kim ekan?

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!