Mourinoning qahri qaynadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinoga oid yana bir ma’lumot oshkor bo‘ldi. 

Portugaliyalik mutaxassisning shogirdlaridan bir guruhi "Chelsi" qarshi o‘tkazilgan va 0:4 hisobi qayd etilgan uchrashuv arafasida Mourinoning g‘azabiga duchyor bo‘lgan. Jurnalistlar surishtiruvida oydinlashgan bu voqeada to‘rt futbolchi London mehmonxonalaridan biriga Manchesterdan sartarosh chaqirtirgan.

Ular orasida asosiy tarkib a’zosi Markos Roxo va zaxiradashgi darvozabon Serxio Ramero bo‘lgan. Buni bilib qolgan Joze Mourinoning g‘azabi qaynadi. Uning fikricha, uchrashuv  arafasida hamma futbolchi bor e’tiborini o‘yinga tayyorgarlikka qaratish kerak. 

Bir tomondan Mourino haq bo‘lib chiqdi. Chunki "Chelsi" futbolchilari "MYu"ni yanchib tashladi. 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!