Muhammad Saloh "Brayton"ga qarshi o‘yindan keyin intervyu berishdan bosh tortdi

  • 14.12.2025 01:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasining 16-turi doirasida "Brayton"ga qarshi o‘yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatlashishdan bosh tortdi. U uchrashuv yakunlanganidan so‘ng miks-zonadan tabassum bilan o‘tib ketdi va bir og‘iz ham gapirmadi.

Ushbu bahs "Liverpul"ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Misrlik futbolchi mazkur o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi, biroq 26-daqiqada jarohat olgan Jo Gomes o‘rniga maydonga tushdi va golli uzatma bilan ajralib turdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Muhammad Saloh jamoa bosh murabbiyi Arne Slotni tanqid qilganidan so‘ng Chempionlar ligasida Milanning "Inter" jamoasiga qarshi o‘yin uchun qaydnomaga kiritilmagan edi. Keyinchalik murabbiy futbolchi bilan suhbat o‘tkazganini ma’lum qildi va uni yana qaydnomaga qaytardi, ammo "Brayton"ga qarshi o‘yinda Saloh asosiy tarkibdan joy olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!