Muhammad Saloh o‘rnini kim egallaydi?

  • 21 sentabr, 2024, 19:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muhammad Salohning “Liverpul”dagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. 32 yoshli hujumchining klub bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi.

Tecno

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni uzaytirishi borasidagi ishlar hali samara bergani yo‘q. Ayrim manbalar misrlik vingerning klubdan ketishini ta’kidlamoqda.

“Qizillar” Muhammad Salohga munosib o‘rinbosar qidirishni boshlab yuborgan. Todofichajes nashrining yozishicha, liverpulliklar “Bavariya” hujumkor futbolchisi Leroy Saneni olib kelmoqchi.

28 yoshli futbolchining myunxenliklar bilan shartnomasi yozda tugaydi. “Liverpul” yanvar oyida u bilan dastlabki bitimni tuzishi mumkin.

2020 yildan beri “Bavariya” a’zosi hisoblangan Sane Angliya Premer-ligasida o‘ynash tajribasiga ega. Ilgari u “Manchester Siti”da to‘p tepgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!