"Real" va "Atletiko" bir futbolchi uchun kurashmoqda
"Valyadolid" himoyachisi Muhammad Salisuga Madridning "Real" va "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. "The Athletic" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, poytaxtliklar ushbu futbolchini yaqin transfer oynasi vaqtida o‘z saflariga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum 20 yoshli futbolchi Ispaniya La Ligasida 26 bahsda maydonga tushdi va 1 ta gol kiritib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ganalik iqtidor egasining "Valyadolid" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida nihoyasiga etadi. Uning transfer narxi esa 11 mln evro deb baholanmoqda.
Fikrlar