Muhim uchrashuv oldidan “Real”da katta yo‘qotish

  • 26.11.2025 07:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Real” Chempionlar ligasi umumiy bosqichining beshinchi turida Gretsiyaning “Olimpiakos” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Bu bahs oldidan madridliklar jiddiy yo‘qotishga uchradi. Jamoaning asosiy markaziy himoyachisi Din Xyoysen jarohat tufayli safdan chiqqani ma’lum qilindi.

Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, 20 yoshli futbolchining oyoq mushaklari shikastlangan.

Din Xyoysen “Olimpiakos” bilan bo‘ladigan bahsdan tashqari La Ligada 30 noyabrga belgilangan “Jirona”na qarshi uchrashuvda ham jamoadoshlariga yordam berolmasligi aniq bo‘ldi.

Bundan tashqari, himoyachi 3 dekabrda “Atletik Bilbao” maydonidagi uchrashuvgacha ham tiklana olmasligi ehtimoli katta ekani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!