Mundialda to‘purarlar poygasida oxirgi vaziyat qanday?

  • 27.06.2026 12:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yildagi jahon chempionatida navbatdagi o‘yin kuni yakunlandi. Kun davomida olti bellashuv o‘tkazildi.

Senegal terma jamoasi Iroq darvozasiga javobsiz beshta gol urdi (5:0). Norvegiya Fransiyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (1:4). Kabo-Verde va Saudiya Arabistoni o‘yinida gollar qayd etilmadi (0:0). Urugvay Ispaniyaga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi (0:1). Misr va Eron durang o‘ynadi (1:1). Yangi Zelandiya esa Belgiya qarshi uchrashuvda katta hisobda mag‘lubiyatga uchradi (1:5).

Hozircha to‘purarlar poygasida yetakchilikni argentinalik hujumchi Lionel Messi saqlab turibdi — uning hisobida beshta gol bor. Norvegiya va Braziliya terma jamoalari hujumchilari Erling Holand va Vinisius Juniyor to‘rtta-dan gol urgan. Shuningdek, Fransiya terma jamoasi forvardlari Kilian Mbappe va Usman Dembele ham to‘rtta-dan gol bilan peshqadamlar qatoridan joy olgan.

2026 yildagi jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tmoqda. Musobaqa 11 iyunda start olgan bo‘lib, 19 iyulda yakunlanadi. Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!