Mundialning jarohati ham og‘ir bo‘ladi! Terma jamoa va mashhur klub yulduzi bir yilga safdan chiqdi

  • 27.06.2026 18:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» klubi va Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi Manuel Ugarte jahon chempionatining guruh bosqichida Ekvadorga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat oldi. 25 yoshli futbolchi maydonni zambilda tark etdi.

Physio Scout ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining muammosi tizza bo‘lamlari va mushak shikastlanishi bilan bog‘liq. Shuningdek, shifokorlar ikkito‘g‘liq mushaklarining qisqarishi kuzatilganini qayd etmoqda, bu kabi jarohatlarda bu holat ko‘p uchraydi.

Mutaxassislar bunday turdagi shikastdan to‘liq tiklanish uchun qariyb bir yilgacha vaqt kerak bo‘lishi mumkin. 

Ugarte 2024 yilda «Pari Sen-Jermen» klubidan «Manchester Yunayted» safiga qo‘shilgan. O‘tgan mavsumda u Angliya premyer-ligasida 24 ta o‘yin o‘tkazdi. Urugvay terma jamoasi esa mundialni guruh bosqichidan chiqolmay, muddatidan oldin tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!