Muorino Shvaynshtaygerdan yordam so‘ramoqda yoxud Bastian to‘rt daqiqada Jozening fikrini o‘zgartirdi

  • 3 dekabr, 2016, 10:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
"Manchester Yunayted"da bosh murabbiy Joze Mourino va germaniyalik yarim himoyachi Bastian Shvaynshtayger o‘rtasidagi muammoli vaziyat barham topadigan ko‘rinadi.
 
Portugaliyalik mutaxassis yozda jamoaga kelishi bilan birinchilardan bo‘lib, Bastianni asosiy tarkibdan chetlatgan va unga boshqa jamoaga ketishni taklif qilgan edi. Mourino hatto futbolchining yoshlar tarkibida maydonga tushishiga ham yo‘l qo‘ymadi.
 
Bastian "Manchester Yunayted"dan ketmasdan asosiy tarkib uchun kurashishini aytdi. Mana sekin-asta u o‘z maqsadlariga etishmoqda. Joze Mourino vaziyat taqozosi tufayli Bastian Shvaynshtaygerni Angliya ligasi kubogida "Vest Xem"ga qarshi o‘yinda to‘rt daqiqaga o‘yinga tushirdi.
 
Mana endi Joze Mourino ommaviy axborot vositalariga intervyu berib, Bastina Shvaynshtaygerning "Manchester Yunayted"ga yordami zarurligini aytmoqda.
 
- Bastian jamoada qolishi mumkin, - dedi Joze Mourino. - U bizga yordam berishi kerak. Muammoalarga qaramay, u jamoadan ketmadi va ko‘p ishlab, maydonga tushish huquqini qo‘lga kiritdi. Menga mana shunaqa dadil yigitlar yoqadi.
 
Xullas, Bastian o‘zining qat’iyati va mehnatkashligi bilan qaysar Jozening fikrini o‘zgartira oldi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!