Murabbiy Ronalduga shart qo‘ydi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag ketma-ket oltita uchrashuvdan beri gol ura olmayotgan Krishtianu Ronaldugi ishonchini yo‘qotmaganini aytdi.
Biroq, portugaliyalik yulduz boshlang‘ich tarkibga qaytishi uchun ancha ter to‘kishiga, niderlandiyalik murabbiyning talablariga moslashishga to‘g‘ri keladi.
- Endi Ronaldu biz qo‘llayotgan o‘yin uslubiga moslashib olishi kerak. Chunki u mavsumoldi yig‘inlarini o‘tkazib yuborgan. Agar u bu ishni uddasidan chiqsa, o‘z qobiliyati bilan o‘yinlar taqdirini hal qila boshlaydi, - dedi Erik ten Xag.
“Manchester Yunayted” musobaqa jadvalida 12 ochko jamg‘arib, beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar