MYu 30 yillik antirekordini qayd etdi
Evropa Ligasining 2-turida "Manchester Yunayted" mehmonda AZ "Alkmar" jamoasi bilan nursiz 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Sulsher shogirdlari barcha turnirlardagi mehmonda o‘tkazgan so‘nggi 10 ta uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi ( 4 ta durang, 6 ta mag‘lubiyat).
Bu MYuning 1989 yildan buyon qayd etgan eng yomon seriyasi. Bundan 30 yil avval, "qizil-iblislar" ketma-ket 11 ta mehmondagi uchrashuvda g‘olib bo‘la olmagan edi.
"Manchester Yunayted" so‘nggi bor shu yilning mart oyida, Chempionlar Ligasi doirasida PSJ mehmoni bo‘lib, 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar