MYu "Antverpen"dan darvozabon olib kelish arafasida

  • 22.08.2025 15:43
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Antverpen" darvozaboni Sen Lammens "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Manbaning ma’lum qilishicha, ingliz klubi Belgiya klubining 23 yoshli darvozaboni transferi ustida ish olib bormoqda. Xabarlarga ko‘ra, mankunianliklar belgiyalik darvozabon bilan shaxsiy shartnoma shartlarini deyarli kelishib olgan.

Ma’lumot uchun, posbonga Italiyaning "Inter" klubi ham qiziqish bildirgan edi.

Sen Lammens joriy mavsumda Belgiya chempionatining 4 ta o‘yinida maydonga tushib, 4 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!