MYu bir taklif bilan “Barsa” yulduzini ko‘ndirdi

  • 09.02.2022 18:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

TeamTalk nashri “Manchester Yunayted” mutasaddilari “Barselona” himoyachisi Ronald Arauxo  uchun kurashda “Chelsi”ni ortda qoldirganini ma’lum qilmoqda.

22 yoshli urugvaylik futbolchi o‘tgan yili jamoaning asosiy tarkibiga kirganidan keyin eng yaxshi o‘yinlarini namoyish etib, ko‘plab muxlisu mutaxassislar e’tibori va e’tirofini qozondi.

Kataloniyaliklar Xavining yoqimtoyiga aylanib qolgan Arauxo bilan yangi bitim tuzish istagida. Biroq, klubning moliyaviy ahvoli yuqori saviyali ijrochilar so‘raydigan maoshni to‘lash imkonini bermaydi.

Araxuoning o‘zi Angliyadan bo‘layotgan takliflarni qabul qilishga tayyor. Markaziy himoyachini “Chelsi” o‘z safiga chorlayotgan edi. Shunga qaramay, “Manchester Yunayted” unga yiliga 8,4 million evro maosh va’da qildi va bu yurish vaziyatni manchesterliklar foydasiga hal bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!