MYu chempion klub sardorini sotib olishni ko‘rib chiqmoqda

  • 15 avgust, 17:01
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" amaldagi Portugaliya Superligasi chempioni "Sporting" tayanch yarim himoyachisi Morten Yulmanni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Mankunianliklar "Brayton" futbolchisi Karlos Baleba bilan kelisha olmasa, 26 yoshli daniyalikka taklif bilan chiqishga tayyor. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Tecno

Klub rahbariyati o‘z skautlarini futbolchini kuzatish uchun lissabonliklar o‘yinlariga yuborgan va tez orada aniq taklif berishi mumkin. Avvalroq, Yulmannga "Yuventus" qiziqish bildirayotgan edi.

O‘tgan mavsumda Yulmann barcha musobaqalarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan va 2 ta golga hammualliflik qilgan. Daniya futbolchilikning "Sporting" bilan shartnomasi 2028 yilning iyunigacha amal qiladi va uning bozor narxi 26 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!