MYu darvozaboni APLning boshqa bir klubiga yo‘l oladi

  • 27.08.2023 16:33
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" Din Xenderssonni "Kristal Pelas"ga sotadi. 

"The Athletic" xabariga ko‘ra, tomonlar darvozabonni 15 million funt sterlingga transfer qilishga kelishib olgan. Yana 5 million evro bonus ko‘rinishida taqdim etiladi. Shuningdek, mankunialiklar kiperning keyingi transferidan tushgan mablag‘ning bir qismiga egalik qiladi. 

26 yoshli futbolchi shanba kuni Londonda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak. 

Ma’lumot uchun, Din o‘tgan mavsumni "Nottingem Forest"da ijara asosida o‘tkazgandi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!