
MYu Dembele uchun qancha sarflamoqchi?
"Manchester Yunayted" klubi "Lion" hujumchisi Mussa Dembele uchun 70 million evrodan voz kechishga tayyor. Bu haqda Express nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli frantsuzning xizmatlariga shaxsan jamoa bosh murabbiyi Ule Gunar Sulsher qiziqmoqda. Norvegiyalik mutaxassis hatto Dembeleni kuzatish uchun "Lion"ga jamoa skautlarini ham yuborgan.
Dembelega esa "Chelsi" ham xaridor bo‘lmoqda. "Lion" Jan-Mishel Olas koronavirus pandemiyas tufayli yuzaga kelgan inqirozni bartaraf etish maqsadida jamoaning ayrim etakchilari transferga qo‘yilishi haqida ma’lum qilgan edi. Ular orasida Mussa Dembele ham bor.
Fikrlar