MYu Dembelening transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

  • 24.05.2019 20:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" klubi "Lion" hujumchisi Mussa Dembeleni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 22 yoshli frantsiyalik futbolchining transferi masalasida muzokaralarni boshlab yuborishgan. Mankuanliklar Dembele uchun frantsuz klubiga 40 mln evro to‘lashga tayyor.

Ma’lumot uchun, Dembele joriy mavsum “Lion” safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!