MYu futbolchisi ketma-ket ikkinchi marta koronavirusga chalindi

  • 16 noyabr, 2020, 08:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning yangi futbolchisi Aleks Telles Angliyaga kelganidan beri ishlari yurishmay qoldi. U yaqinda koronavirusdan tuzalgan edi.

Tecno

Iste’dodli himoyachi noyabr oyidagi o‘yinlarda ishtirok etish uchun Braziliya terma jamoasiga chaqirtirildi. U 13 noyabr kuni Paragvayga qarshi o‘tkazilgan bellashuvda zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuvdan keyin barcha futbolchilarning koronavirusga olingan testlari natijalari keldi. Unda Telles yana virus yuqtirgani qayd etilgan edi.

Telles oktyabr oyida koronavirus tufayli “Chelsi”, “RB Leyptsig”, “Arsenal”, “Bashakshehir” va “Everton” qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborgan edi. U yana karantinga olinadi.

Braziliyalik futbolchi o‘tgan oyning boshida “Manchester Yunayted” bilan besh yillik shartnoma imzolagan edi.

“Yuventus” shartnomasini rad etgan Dibala yangi jamoa tanladi

“Borussiya” MYuga jarohatdagi futbolchisini beradi

MYu nazari tushgan futbolchining narxi birdan oshib ketdi

Pochettino MYuni boshqara olmaydigan bo‘ldi. Bunga sabab nima?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!