Ana sadoqat! Igalo MYuda qolish uchun 75 million funtdan voz kechdi
“Manchester Yunayted” tomonidan ijaraga olingan Odion Igalo “Shanxay Shenxua”ga qaytib bormoqchi emas.
Igaloning ijara shartnoma shu shu hafta oxirida yakuniga etadi va u Xitoyga qaytib borishi kerak. Shanxayliklar nigeriyalik hujumchiga 75 million funt maosh bilan uch yillik yangi shartnoma taklif qilmoqda. Biroq, faoliyatini Sulsher qo‘l ostida davom ettirishni istayotgan 30 yoshli futbolchi bu shartnomadan voz kechadigan bo‘ldi.
Ayn paytda tomonlar shartnoma muddatini joriy mavsum oxirigacha uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Fikrlar