MYu muxlislari norozilik namoyishi uyushtirishmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" muxlislari klub rahbariyatiga qarshi norozilik namoyishi uyushtirishga hozirlanishmoqda, deya xabar bermoqda ingliz matbuoti.

"Qizil iblislar" boshqaruvidan norozi bo‘lgan muxlislar APL 25-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton"ga qarshi "Old Trafford"dagi o‘yinning 58-daqiqasida stadionni tark etishni rejalashtirishgan.

Namoyish tashkilotchilari 58-daqiqani shunchaki tanlashgani yo‘q: 1958-yil MYuning afsonaviy "Basbi bolalari" Myunxenda aviahalokatga uchrashgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Ule-Gunnar Sulsher boshchiligidagi "qizil iblislar" APL 24 turidan so‘ng turnir jadvalida beshinchi o‘rinda borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!