
MYu muxlislari uchun biroz noxush xabar!
"Brentford" yarim himoyachisi Kristian Eriksen faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirish arafasida. Bu haqda "BBC Sport" nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, daniyalik futbolchi MYuning mavsumoldi tayyorgarlik turini o‘tkazib yuborishi mumkin. Eriksen bu vaqtga qadar mankunianliklar tibbiy ko‘rigidan o‘tishga ulgurmasligi oydinlashib bormoqda.
Qayd etish lozim, 30 yoshli xavbek o‘tgan mavsum "Brentford" safida APLning 11 o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol hamda 4 assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar