
MYu "RB Leyptsig" maydonida mag‘lub bo‘ldi (video)
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turida “Manchester Yunayted” safarda “RB Leyptsig”ni mehmoni bo‘ldi.
“Red Bull Arena”da kechgan o‘yinda darvozalarga naqd 5 ta gol urildi. Yakunda 3:2 hisobida maydon egalarining qo‘li baland keldi. “RB Leyptsig” safida Anxelino (2'), Amadu Xaydara (13') va Jastin Klyuyvert (69') gol urdi. MYuning ikki goliga esa Brunu Fernandesh (80') va Pol Pogba (82') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar