MYu Ronaldudan ko‘p gol uradigan hujumchini chaqirdi
“Manchester Yunayted” rahbariyati kelasi mavsum oldidan jamoa hujumkorligini sezilarli darajada kuchaytirmoqchi.
O‘tgan mavsumda jamoa hujumchilarining aksariyati o‘zini ko‘rsata olmadi. Hatto, jamoaning o‘z zo‘r to‘purari Krishtianu Ronaldu ham premer-liga o‘yinlarida 18 ta gol urdi xolos. Umumiy hisobda esa, portugaliyalik yulduz mavsumda 24 marta gol nishonlagan.
Endi manchesterliklar “Bavariya”dan ketish payiga tushgan Robert Levandovskini o‘z safiga chorlayapti. 33 yoshli hujumchi bir necha mavsumdan beri Ronaldudan ko‘p gol urmoqda.
Jumladan, Levandovski Bundesligada 35 ta to‘p kiritdi, qolgan turnirlar ham to‘purarlik mahoratini namoyish qilib, mavsumni 50 ta gol bilan yakunlandi.

Fikrlar